
Lixtshtayner faoliyatini Frantsiyada davom ettirishga juda yaqin turibdi
Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Shtefan Lixtshtayner faoliyatini “Nitstsa” klubida davom ettirishi mumkin. Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra shveytsariyalik futbolchi frantsuz jamoasi bilan 2+1 ko‘rinishidagi shartnoma borasida kelishuvga erishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra Massimiliano Allegri “Milan”dan Mattia De Shiloni jamoaga olib kelgach, Lixtshtaynerning asosiy tarkibdagi o‘rni so‘roq ostida qolgan. O‘z navbatida “keksa sinora” ham uni ushlab turmoqchi emas. Turinliklar Shtefanning o‘rniga munosib nomzod topishi bilan uni sotib yubormoqchi. Bu boradagi asosiy nomzod sifatida “Valensiya” a’zosi Joau Kanselu aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Lixtshtayner “Yuventus” safida jami 171ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 12ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan. U shuningdek Turin super klubi bilan 6 marta A Seriya va 3 marta mamlakat superkubogida zafar quchgan.
Fikrlar