
"Lokomotiv" - "Al Vahda" uchrashuvining chiptalari qanchadan sotilmoqda?
Bugun Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichida "A" va "B" guruhi jamoalari o‘z ishtiroklarini boshlaydi. O‘zbekistonning amaldagi chempioni o‘z maydonida BAAning "Al Vahda" klubini qabul qiladi. Uchrashuv 16:00da start oladi.
"Lokomotiv" o‘tgan yil aynan shu jamoani 5:0 hisobida mag‘lub etgandi. Bugungi bellashuvda ham "temiryo‘lchilar"dan umid katta.
Mazkur o‘yin uchun chiptalar ikki xil toifada chiqarilgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Birinchi toifa chipta narxi 15 ming so‘m. Ikkinchi toifa chiptalar esa 8 ming so‘mdan stadion kassasida sotilmoqda.
Fikrlar