"Lokomotiv" - "Qizilqum" o‘yinida g‘olib nomi aniqlanmadi
O‘zbekiston Superligasi 4-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Qizilqum" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, mehmonlar vakili Jamshid Hasanov jamoadoshlarining ajoyib kombinatsiyasini gol bilan yakunlashga muvaffaq bo‘ldi. "Temiryo‘lchilar" safida bu aniq zarbaga Diyor Turopov javob qaytarishga erishdi.
Shu tariqa, poytaxtliklar ochkolari sonini 2 taga etkazib oldi. Navoiyliklarda esa, 6 ochko bor.
Jamshid Hasanov, 36 (0:1), Diyorjon Turopov, 57 (1:1)

Fikrlar