
"Lokomotiv" Antaliyada Rossiya klubiga qarshi maydonga tushdi
Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlagan "Lokomotiv" o‘zining ilk nazorat uchrashuvini Rossiyaning "Ufa" klubiga qarshi o‘tkazdi.
O‘yin garchi hujumkor ruhda o‘tgan bo‘lsa-da, darvozalar daxlsiz qoldi - 0:0.
"Lokomotiv" asosiy tarkibi: Rahimjon Davronov, Xosrov Hananov, Vladimir Kozak, Anzur Ismoilov, Davron Hoshimov, Abdulloh Yo‘ldoshev, Bobur Asqarov, Muhriddin Zoirov, Akaki Shulaya, Nikola Popovich, Jasur Hakimov.
Zaxiradan tushganlar: Sayiddin Mavlonov, Ozodbek O‘ktamov, Shodiyor Shodiboev, Azamat Komilov, Artyom Miftiev, Og‘abek Shomurodov.
Fikrlar