"Lokomotiv" bir kishi kam bo‘lib "Metallurg"ni engdi (video)

  • 2 oktabr, 2021, 14:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 21-turida “Lokomotiv” safarda “Metallurg” mehmoni bo‘ldi.

Tecno

Bekobodda kechgan o‘yin 1:2 hisobida “temiryo‘lchilar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinning 37-daqiqasida “temiryo‘lchilar” posboni Abdumavlon Abdujalilov hakam tomonidan qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi va maydondan chetlatildi.

Shunga qaramasdan, “Lokomotiv” futbolchilari o‘zlarida qo‘shimcha kuch topa olishdi va Temurxo‘ja Abduxoliqov (59') hamda Azizbek Amonov (90+1') tomonidan kiritilgan gollar evaziga g‘alabani tantana qilishdi.

“Metallurg” safida yagona golni Damir Temirov (42') kiritdi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!