
"Lokomotiv" birinchi bo‘lib gol urgan o‘yinda AGMK g‘alaba qozondi (video)
Kecha Coca Cola Superligasining 10-turida mavsumni jiddiy niyatlarda boshlagan AGMK tobora o‘z mavqeini yo‘qotib borayotgan “Lokomotiv” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Dastlab, 36-daqiqada Marat Bikmaev “temiryo‘lchilar”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsada, keyinchalik Yovan Jokich (47’), Zafar Polvonov (88’) va Jasurbek Umarov (90’+2’) “Loko” darvozasini ishg‘ol qilib, g‘alabani olmaliqliklar tarafiga burib yubordi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar