"Lokomotiv" futbolchisi: "Klubda qolsam faqat barqaror o‘ynashim uchun qolaman, bo‘lmasa ketaman"

  • 6 yanvar, 2023, 09:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lokomotiv” safida iqtidorli o‘yinchilar bisyor. Ulardan biri Dilshod Komilov bo‘lib, ushbu himoyachi oxirgi paytlarda ancha ko‘zga tashlanib qoldi.

Tecno

24 yoshli o‘yinchi o‘tgan yili Superligada “temiryo‘lchilar”ning 15 ta o‘yinida maydonga tushdi. Kubok doirasida 4 ta bahsda ishtirok etdi. Lekin Komilov yangi mavsumni boshqa klubda ham davom ettirishi mumkin. Sports.uz saytiga bergan intervyusida jamoadagi taqdiri haqida gapirdi.  

- “Lokomotiv” klubining Superliga bilan xayrlashgani ko‘pchilik uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Buning sababini nimalarda ko‘ryapsiz?

- Bu jamoani ichidagi sir-da, bir nima deya olmayman. Ko‘proq omad yuz o‘girdi. Ko‘rgan bo‘lsangiz kerak, oxirida “Turon” bilan ham o‘yinimiz umuman o‘xshamadi. Sabablar ko‘p. Mavsum boshidanoq o‘ylaganlarimiz amalga oshmadi. Murabbiylar almashib turdi. Bu ham ta’sir qildi.

dilshod komilov3

- Baribir hammasi jamoani o‘ziga bog‘liq bo‘lib qolayotgandi. Pley-offda “Turon”ga qarshi bahsda nima uchun “Lokomotiv” futbolchilarining ko‘zi “yonmadi”?

- Tayyorgarlik zo‘r bo‘lgandi. Hamma maydonga yutamiz deb chiqqandi. Balki raqib kuchiga yaxshi baho bera olmagandirmiz. Bemalol yutamiz deb o‘ylagandik, ammo bunday bo‘lmadi. Men ham jarohatim sababli o‘shanda o‘ynay olmadim.

- “Lokomotiv”dagi taqdiringiz nima bo‘ladi? Ko‘pchilik o‘yinchilar Superligada o‘ynashni istashadi.

- Ketaman deyayotgandim, bular olib qolamiz deyishyapti. Hali ham bu masaladagi vaziyat 50\50. Kutib turibman. Shartnomam bor, faqat bu og‘zaki kelishilgan. Agar yaxshi variant chiqadigan bo‘lsa, ketishga ikki tomon rozi bo‘lgan. Hozircha shu erda shug‘ullanib turibman.

dilshod komilov1

- Xizmatingizga qaysi klublardan qiziqishlar mavjud?

- “Andijon” chaqiryapti deyishdi. “Lokomotiv” rahbariyati yaxshiroq biladi. Chetdan bir-ikkita taklif bo‘ldiyu, lekin amalga oshmadi. O‘zim ham hozir buni xohlamadim.

- Tanlovni tanlash o‘zingizga havola qilinsa, baribir pro ligada o‘ynashni istamayapsizmi yoki...

- Men o‘ynasam bo‘ldi. Shuni gaplashishim kerak. Yana o‘ynamay yursam bo‘lmaydi. Shuning uchun kim bilan bo‘lsa ham bu masalada yaxshilab gaplashib olishim kerak. “Lokomotiv” bosh murabbiyi Mirko Yelichichning kelishini kutyapman. U bilan muhokama qilib olishimiz kerak. Agar rostdan o‘zi istab, seni o‘ynataman desa qolaman. Agar fikri yoqmasa ketaman. Klubdagilar ham murabbiy bilan gaplashib olishimni aytishdi. Boshida ketaman deganimda gaplashamiz deyishgan, unda ham olib qolamiz, deb aytishmagan.

dilshod komilov

- 2022 yilgi omadsiz mavsum faoliyatingizga salbiy ta’sir qilishi mumkin, degan fikrlarga qo‘shilmaysiz-a?

- Birinchi davra o‘ynadim. Ikkinchi davra boshida ham shunday bo‘ldi. Shundan keyin unchalik o‘ynamay qoldim. Jarohat ham ta’sir qildi. Menga barqaror o‘ynaydigan joy kerak. Niyatim keyinchalik chetga ketish. Barqaror o‘ynasangiz xorijga yo‘l olishingiz osonroq bo‘ladi. “Lokomotiv”da qoladigan bo‘lsam ham o‘ynash uchun qolaman, bo‘lmasa qolmayman. Shu masalani aniqlashtirib olishim kerak.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!