"Lokomotiv" jamoasi futbolchilariga o‘yin qoidalari bo‘yicha seminar o‘tkazildi

  • 20 fevral, 2023, 02:27
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol hakamlari markazi instruktori Aleksandr Popov tomonidan "Lokomotiv" jamoasi futbolchilariga o‘yin qoidalaridagi ayrim o‘zgarishlar yuzasidan seminar o‘tkazildi. Unda zamonaviy futbol qoidalarida yuz berayotgan o‘zgarishlar alohida tushuntirib o‘tildi. Qolaversa, monitor orqali xalqaro futbol maydonidagi uchrashuvlarda o‘yin qoidasi buzilishlari turli xil epizodlarda havola qilinib, futbolchilar bilan muhokamalar qilindi.

Shuningdek, bahs so‘ngida g‘alaba qozonayotgan jamoaning vaqt cho‘zish maqsadidagi ayyorliklari bo‘yicha ham to‘xtalinib, futbolchilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Bu kabi holatlar klublarimiz saviyasiga yarashmasligi hamda muxlislarda keskin e’tirozlar yuzaga kelishi mumkinligi haqida aytib o‘tildi.

Seminar davomida jamoa a’zolari o‘yin qoidalaridagi turli xil rakurslar orqali namoyish etilgan bahsli vaziyatlarda faol qatnashib, o‘zaro fikr almashishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!