
"Lokomotiv" klubi ta’tilga chiqib ketdi
FIFA kunlari (9-17 noyabr) sabab O‘zbekiston chempionatida tanaffus yuzaga keldi.
“Lokomotiv” o‘zining navbatdagi rasmiy uchrashuvini 19 noyabr kuni AGMKga qarshi o‘tkazadi. Ungacha, jamoa yig‘in tashkil etadi hamda o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushadi.
Superliganing 22-turida “Mash’al”ga qarshi bahsdan so‘ng, murabbiylar shtabi futbolchilarga qisqa muddatli hordiq berdi. 6 noyabrdan jamoa o‘z qarorgohida yig‘ilib, mashg‘ulotlarni davom ettiradi, - deya xabar bermoqda, “Lokomotiv” matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, "Lokomotiv" jamoasi 22 ta o‘yinda 28 ochko jamg‘arib, hozircha turnir jadvalida 9-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar