
"Lokomotiv": "Metallurg" bilan o‘yinda e’tiborga molik voqea ro‘y berdi
30 iyun kuni Superliga 13-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Lokomotiv" bahsi o‘tkazildi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Bellashuvda e’tiborga molik voqea ro‘y berdi. Bu haqda toshkentliklar matbuot xizmati xabar berdi.
"Temiryo‘lchilar"ning yosh hujumchisi Ali Abdurahmonov o‘yinning 90+5-daqiqasida raqib darvozasiga to‘p kiritib, Superligada dastlabki golini urdi.
Fikrlar