“Lokomotiv” “Navbahor” futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
Sherzodbek Abdulboriev - "Lokomotiv" futbolchisi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma'lum qildi.
"Lokomotiv" yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishda davom etadi. O‘tgan yillar davomida "Navbahor" tarkibida o‘ynagan 19 yoshli chap qanot himoyachisi Sherzodbek Abdulboriev jamoamiz a'zosiга aylandi.
O‘tgan mavsumda "Navbahor" tarkibida U21 chempionatida 28 o‘yinda harakat qilib, 2 ta gol urgan himoyachi navbatdagi mavsumda "Lokomotiv" sharafini himoya qiladi. Sherzodbek, shuningdek, O‘zbekiston U-17 va U-20 termalarida 25 bahsda ishtirok etgan.
Sherzodbek Abdulborievga "Lokomotiv" oilasiga xush kelibsan deb qolamiz”,- deyiladi “temiryo‘lchilar” xabarida

Fikrlar