
"Lokomotiv" o‘z uyida "Al Ittihod" bilan zo‘rg‘a durang o‘ynab, guruhdan chiqish imkoniyatini pasaytirib yubordi
"Lokomotiv" OChL 4-turida "Al Ittihod"ni qabul qildi. Uchrashuv boshidan gol urishgan intilgan "temiryo‘lchilar" oldinga tashlanishdi. Ko‘plab vaziyatlar yaratildi. Lekin birinchi bo‘lib gol urish mehmonlarga nasib etdi.
12-daqiqada burchakdan oshirilgan to‘p "Loko" himoyachilaridan o‘tib, mehmonlari vakili Romarinoga keldi va oyog‘i bilan darvozani qiyinchiliksiz ishg‘ol etdi. Hujumni hamyurtlarimiz qilishdi, golni "Al Ittihod" urdi.
36-daqiqada Jamshid Iskanderov uzoq masofadagi belgilangan standart vaziyatidan to‘pni jarima maydoniga ajoyib tarzda oshirib berdi. Temurxo‘ja Abduxoliqov esa jamoadoshining uzatmasidan so‘ng darvozani ishg‘ol qildi.
Ikkinchi taym o‘rtalarida Islom To‘xtaxo‘jaev sherigi Jamshid Iskanderovning xatosini to‘g‘rilayman deb raqib futbolchisini to‘xtatdi. Bu holatda himoyachimiz so‘nggi chorani qo‘llagani va "Al Ittihod" o‘yinchisi birga-bir vaziyatga chiqib ketishini inobatga olib hakam Islomni chetlatdi.
Qolgan vaqt mobaynida jamoalarga darvozani ishg‘ol qilish nasib etmadi. Natijada "Lokomotiv" o‘z uyidagi qiyin kechgan bellashuvda durangga erishdi.
18:00. "Lokomotiv" - "Al Ittihod" 1:1
Gollar: Romarino 12, Temurxo‘ja Abduxoliqov 36
"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 5.Anzur Ismoilov, 8.Jamshid Iskanderov (88.Igor Yelich, 79), 10. Sardor Mirzaev, 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov (9.Filipp Raevats, 85), 20.Islom To‘xtaxo‘jaev, 23.Yovan Jokich, 24.Davronbek Hoshimov, 33.Oleg Zoteev, 71.Arslanmurat Amanov (17.Husniddin G‘ofurov, 61), 77.Diyorjon Turopov.
Zaxira: 12.Ma’mur Ikromov, 7.Azizbek Haydarov, 19.Avazbek O‘lmasaliev, 72.Bobur Ergashev.
"Al Ittihod": 22.Favaz Al Qarni, 2.Abdulloh Al Ammar, 4.Yosin Omar Barnaviy, 5.Metyu Yurman, 6.Holid Alsamiri, 8.Fahad Al Muvallad, 9.Romarino, 13.Ahmad Asiri, 25.Nosir Al Shamroni (10.Karlos Vilyanueva, 58), 35.Seku Sanogo, 77.Abdulaziz Al Bishi.
Zaxira: 12.Assaf Al Qarni, 15.Jamol Bajanduh, 26.Abdulaziz Al Aryani, 28.Essam Al Muvallad, 30.Avn Al Saluli, 31.Mansur Al Xarbi.
Ogohlantirishlar: Fahad Al Muvallad 45+2, Yovan Jokich 55, Seku Sanogo 83
Chetlatish: Islom To‘xtaxo‘jaev 75
Fikrlar