"Lokomotiv" Qatarda. Bugun matbuot anjumani o‘tkaziladi

  • 10 mart, 2019, 14:25
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun ertalab soat 9:00da Toshkentdan charter reys bilan parvoz qilgan "temiryo‘lchilar" uch yarim soatlik parvozdan so‘ng manzilga etib kelishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Xabaringiz bor, ertaga 11 mart kuni "Lokomotiv" Qatarning "Al Rayan" klubiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur bellashuv mahalliy vaqt bilan 18:35 (Toshkent vaqti bilan 20:35)da start oladi. "Lokomotiv" 1-turni o‘z maydonida BAAning "Al Vahda"ga klubiga qarshi o‘tkazib 2:0 hisobida zafar quchdi. Ertangi raqib "Al Rayan" esa ilk turda Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubiga 1:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

"Lokomotiv" Dohada "Wyndham Grand Regency" mehmonxonasiga joylashdi. Bugun kun tartibidan o‘yinoldi miting, matbuot anjumani hamda rasmiy mashg‘ulot o‘rin olgan. Miting 14:00da boshlanadi. "Lokomotiv" ishtirokidagi matbuot anjumani 15:15ga belgilangan. Rasmiy mashg‘ulot esa 18:30da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!