"Lokomotiv" Qatarga 20 nafar futbolchi bilan yo‘l oldi, Nivaldo ham safda

  • 4 mart, 2018, 18:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Toshkentning "Lokomotiv" klubi OChL 3-turi doirasida Qatarda "Al Duhail" jamoasi mehmoni bo‘ladi. “Temiryo‘lchilar” jamoasi bugun 18:00da Dohaga charter reys orqali yo‘l olishdi.

Tecno

Murabbiylar shtabi Qatarga 20 nafar futbolchi olib ketishni lozim topishdi. Jarohatidan tiklangan Nivaldo ham jamoa bilan birgalikda safarga yo‘l olmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Lokomotiv”ning Qatarga ketayotgan tarkibi:

Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov, Mamur Ikromov.

Himoyachilar: Islom To‘xtaxo‘jaev, Salim Mustafoev, Oleg Zoteev, Boburbek Yuldashov, Shuhrat Muhammadiev.

Yarim himoyachilar: Sadriddin Abdullaev, Ikromjon Aliboev, Sardor Mirzaev, Kaxi Maxaradze, Diyorjon Turopov, Sherzod Karimov, Igor Yelich, Sanjar Shoahmedov, Sardor Rashidov.

Hujumchilar: Marat Bikmaev, Husniddin G‘ofurov, Cho Suk Jae, Nivaldo

Ma’lumot uchun, “Al Duhail” – “Lokomotiv” bahsi 6 mart kuni Dohadagi “Abdulloh bin Halifa” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv bizning vaqtimiz bilan soat 20:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!