“Lokomotiv” xorij yig‘inini o‘tkazish uchun bugun Minskka yo‘l oladi

  • 11 iyul, 2017, 12:22
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kecha ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlagan Toshkentning “Lokomotiv” klubi bugundan yig‘inni Belorussiya poytaxti Minsk shahrida davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Lokomotiv” ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayonini boshladi

Yodingizda bo‘lsa, “Lokomotiv” o‘tgan yili ham davralar oralig‘idagi tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida Minskda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etgan edi. Murabbiylar shtabi bu safar ham aynan ushbu shaharda mashg‘ulotlar olib borishni ma’qul topishdi.

“Temiryo‘lchilar” Minsk safariga jami 24 nafar futbolchi bilan birgalikda yo‘l olishmoqda. "Temiryo‘lchilar" bugun soat 17:00da Minskka parvoz qiladi.

Quyida Minsk safariga boradigan futbolchilar bilan tanishtiramiz.

Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov, Ma’mur Ikromov, Rustam Nortojiev

Himoyachilar: Muhammad Kone, Islom To‘xtaxo‘jaev, Sherzod Fayziev, Shuxrat Muhammadiev, Salim Mustafoev, Oleg Zoteev, Sergey Proxorov, Farrux Ibragimov

Yarim himoyachilar: Kaxi Maxaradze, Sardor Mirzaev, Ikrom Aliboev, Temur Kapadze, Sadriddin Abdullaev, Salamat Qutiboev, Diyor Turopov, Azizbek Amonov, Jaloliddin Masharipov

Hujumchilar: Murod Bobojonov, Marat Bikmaev, Idris Bikmaykin, Blessing Olabiran Muyiva

Ta’kidlash joizki, Blessing Olabiran Muyiva hamda Idris Bikmaykin jamoa safida ko‘rikdan o‘tishadi. Agar ularning harakatlari murabbiylar shtabiga ma’qul kelsa, har ikki futbolchi ham “Lokomotiv” a’zosiga aylanishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!