"Lokomotiv" yangi transferini tanishtirdi
Toshkentning "Lokomotiv" klubi yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolashda davom etyapti. Ya’ni, "temiryo‘lchilar" yangi mavsum oldidan o‘z tarkibini kuchaytirish ishlarini olib boryapti.
So‘nggi yillar davomida "Metallurg" tarkibida harakat qilgan Shahzodbek G‘ofurbekov endilikda "Lokomotiv" sharafini himoya qiladi.
26 yoshli o‘ng qanot vingeri yakunlangan mavsumda 28 o‘yinda maydonga tushdi va 1 gol urdi. Bu borada klub matbuot xizmati xabar bermoqda.



Fikrlar