
"Lokomotiv"ning Antaliya yig‘ini yakunlandi. Oxirgi o‘yinda "Kuban" yirik hisobda mag‘lub etildi
Toshkentning “Lokomotiv” klubi Antaliyadagi yig‘inining so‘nggi nazorat uchrashuvini Rossiyaning “Kuban” jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Ushbu bellashuvda “Loko” raqibini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
Birinchi bo‘limda darvozalarga gol urilgani yo‘q va barchasi tanaffusdan keyin yuz berdi. Izzatilla Abdullaev hisobni ochgan bo‘lsa, zaxiradan maydonga tushirilgan Sardor Abdunabiev o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ydi.
"Lokomotiv" 3:0 "Kuban" (Rossiya)
Gollar: Izzatilla Abdullaev (50), Sardor Abdunabiev (60, 63).
"Lokomotiv" asosiy tarkibi: Abdumavlon Abdujalilov, Abdulaziz Abdurashidxonov, Muhammadanas Hasanov, Ivan Rogach, Dilshod Komilov, Abubakir-Rizo Turdialiev, Damyan Krayishnik, Lazizbek Mirzaev, Izzatilla Abdullaev, Jasur Hakimov, Ivan Bulatovich.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Suhrob Sultonov, Sardor Abdunabiev, Sobit Sindarov, Jahongir Hoshimboev.
Fikrlar