
Lomachenko va Teofimo Lopes jangi uchun tomonlar kelishuvga erishdi
Engil vazn toifasida WBC Franchise, WBA Super, WBO kamarlari sohibi Vasiliy Lomachenko (14-1, 10 KO) va IBF chempioni Teofimo Lopes (15-0 12 KO) jangi borasida tomonlar kelishuvga erishdilar.
Avvalroq, jangning moliyaviy tomoni bo‘yicha ishlar hal qilinmagan, Lomachenkoga 4,7 million, Lopesga esa 1,27 million dollar miqdoridagi gonorar taklif etilgan edi. Ammo Lopes ushbu gonorardan norozi bo‘lgan va ko‘proq mablag‘ so‘ragandi. Shuning uchun, Vasiliy Lomachenko o‘z gonorapini kamaytirishga rozi bo‘lishini aytdi va bugun tomonlar o‘zaro kelishib oldi.
Ushbu jang 17 oktyabr kuni Las Vegasdagi "MGM Grand" arenasida tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi reja qilingan.
Fikrlar