Loris: Mehmonda kiritilgan 2ta gol javob bahsida "Tottenxem"ga ustunlik taqdim etadi

  • 14 fevral, 2018, 15:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi darvozaboni Ugo Loris kecha "Yuventus"ga (2:2) qarshi EChLning 1/8 final dastabki bahsidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Biz “Yuventus”ga hurmat bilan muomalada bo‘lamiz. Bu Evropaning eng kuchli jamoalaridan biri. Turinliklar Chempionlar ligasining so‘nggi 3ta mavsumidan 2tasida finalga qadar etib borishgan.

Ular qanday kuchga ega ekanliklarini biz bilan bo‘lgan o‘yinda ko‘rsatib qo‘yishdi. Bizning mehmonda kiritgan ikki golimiz javob bahsida ustunlik berdi”, - deydi frantsiyalik posbon Goal nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 7 mart kuni Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!