
Lotar Matteus bu yilgi "Oltin to‘p"ni oladigan dunyodagi eng kuchli futbolchi kimligini aytdi
Yaqin o‘tmishning mashhur futbolchisi Lotar Matteus ayni damda dunyoning eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi. Germaniya futboli afsonasi bu borada "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandni tilga oldi.
“Men uchun Erling Xoland urilgan gollar soni bo‘yicha dunyoning eng yaxshi futbolchisi. U 2023 yilda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish uchun favoritlardan biri”, - dedi Matteus TV2 telekanaliga bergan intervyusida.
Uning ta’kidlashicha, Xoland hech qachon terma jamoa miqyosdagi katta muvaffaqiyatlarga erishmaydi.
“Holand norvegiyalik va u hech qachon jahon chempionati yoki Evropa chempionatini yuta olmaydi. Norvegiya terma jamoasi ushbu turnirlargaga yo‘llanma qo‘lga kiritsa ham xursand bo‘ladi”, - dedi Matteus.
Ma’lumot uchun, Erling Xoland bu mavsum “Manchester Siti” safida 42 ta o‘yinda maydonga tushdi va 48 ta gol urdi.
Fikrlar