
Lovren "Zenit"da Ivanovich tashlab ketgan raqamni tanladi
Mavsumlar oralig‘ida “Liverpul”dan “Zenit”ga ko‘chib o‘tgan himoyachi Deyan Lovren yangi jamoasida o‘ziga raqam tanladi.
Piterliklar rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, 31 yoshli xorvatiyalik futbolchi 6-raqamda to‘p suradi. Aytish kerakki, bungacha ushbu raqamda “Zenit”da Branislav Ivanovich, Xavi Garsiya, Nikolas Lomberts, Aleksandr Spivak va Yuriy Vernidub kabi futbolchilar o‘ynagan.
Lovren ertaga “Zenit” safida o‘zining ilk rasmiy mashg‘ulotini o‘tkazadi.
Fikrlar