
Lovren: "Zenit"ga o‘tganim faoliyatimda orqaga qadam tashlash emas
Yozgi transferlar davrida "Liverpul"dan "Zenit"ga kelgan himoyachi Deyan Lovren rus klubiga o‘tgani uning faoliyatida ortga ketish emasligini aytdi.
“Liverpul” singari buyuk jamoadan ketish qiyin. Ammo men bu jamoadan eng yaxshi paytda, boshimni baland ko‘targan holda ketdim. Men bu erda juda ko‘p mehnat qildim va muhim sovrinlarni qo‘lga kiritdim. Men “Zenit”ga o‘tishimni orqaga tashlangan qadam, deb hisoblamayman. Yana o‘zimni ko‘rsatishni va yanada yuqori darajada o‘ynay olishimni ko‘rsatmoqchiman”, - deydi xorvatiyalik futbolchi.
Lovren “Zenit” safiga 12 mln evro evaziga ko‘chib o‘tdi va piterliklar bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzoladi. U hozircha yangi jamoasida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.
Fikrlar