Lovrenning "Roma"ga o‘tishi amalga oshmay qoldi

  • 16 avgust, 2019, 17:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi ximoyachisi Deyan Lovrenning "Roma"ga o‘tishi amalga oshmadi.

Rimliklar futbolchi sotib olish huquqi bilan ijaraga olishmoqchi edi. Agar ximoyachi "A" Seriyada 20 ta bahsni o‘tkazsa, "Roma" 12 mln evro to‘lab berishi kerak bo‘lardi.

Xorvatiyalik himoyachi maoshini yiliga 4,2 mln evrodan 3,2 mlnga tushishiga rozi bo‘ldi, ammo Rim klubiga yoqmagan jihati, u 1 mln evro bonusni talab qildi.

Aslida, bu kelishuv "Liverpul" tomonidan bekor qilindi, chunki ular Italiyaning uslublarini yoqtirmaydilar, - deb yozmoqda "Goal.com"

Muzokaralar o‘tkazilayotganiga qaramay, Rim klubi aniq bir taklifni bermagan, italiyalik vositachilarga bog‘lanib, narxni tushirishga urinishda davom etishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!