Luis Enrike alamli mag‘lubiyatdan keyin futbolchilarga nima deganini aytdi

  • 6 mart, 06:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasining nimchorak final birinchi uchrashuvida PSJ o‘z maydonida “Liverpul”dan har tomonlama ustun kelgan bo‘lsa-da, o‘yin oxirida gol o‘tkazib yuborib, alamli mag‘lubiyatga uchradi.

Parijliklar bosh murabbiyi bu uchrashuvdan keyin o‘z shogirdlariga qo‘llab-quvvatladi.

- Joriy mavsumda “Liverpul” ilk bor birinchi bo‘limda darvoza oldida hech qanday vaziyat yarata olgani yo‘q. Men bunga aminman.

Biz esa, balki o‘tgan mavsumdan beri hujum uyushtirish va himoyalanish bo‘yicha eng zo‘r o‘yinimizni o‘tkazgandirmiz. O‘yinchilar juda ko‘p yugurishdi, bir jamoa bo‘lib o‘ynadilar.

Kiyim alishtirish xonasida hafsalalari pir bo‘lib o‘tirgandi. Men ularga boshlarini baland ko‘tarishlari kerakligini aytdim, - dedi Luis Enrike.

Endi bu ikki jamoa o‘rtasidagi javob uchrashuvi 11 mart kuni “Liverpul” uy o‘yinlarini o‘tkazadigan “Enfild” arenasida bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!