Luis Enrike nega Ispaniya terma jamoasiga "Real"dan birorta ham futbolchi jalb etilmaganini tushuntirdi

  • 24 may, 2021, 20:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike nega “Evro-2020”ga boradigan tarkibga “Real”dan birorta ham futbolchi kiritilmaganiga izoh berdi.

Tecno

“Agar Karvaxal va Ramosning ahvoli yaxshi bo‘lganida, men ularni chaqirgan bo‘lardim. Ular jarohatlar tufayli u tarkibda yo‘q.

Nacho? Shubhasiz, u yuqori darajada o‘ynadi. Ammo men faqat 24 nafar futbolchini olishni xohladim, bu mening qarorim. Garchi terma jamoaga chaqirishga munosib futbolchilar yana bo‘lsa ham”, - dedi Enrike.

Ispaniya terma jamoasi Evropa chempionatining “E” guruhida bahslarga kirishadi. Ushbu guruhda Shvetsiya, Polsha va Slovakiya terma jamoalari ham joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!