Luis Enrike "Tottenxem"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

  • 13 avgust, 17:10
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike “Tottenxem” ga qarshi Superkubok uchrashuvdan oldin o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

“Bu safar mavsumni biroz boshqacha tarzda boshlaymiz. Final katta voqea va muhim bosqich. “Tottenhem”ga qarshi ilk uchrashuvimizni intizorlik bilan kutmoqdamiz. Klub yaqinda murabbiyini almashtirdi. Shu sababdan men raqibning bugungi o‘yinga qanday taktika bilan tushishni bilmayman. Ular bir oydan beri birgalikda mashq qilishmoqda, biz esa jamoa bilan birga bir hafta mashg‘ulot o‘tkazdik. Ammo bu bahona bo‘la olmaydi.Biz ertaga maydonda bor kuch-g‘ayratimiz bilan harakat qilamiz. Bugun mavsumdagi birinchi o‘yin va u xam final bo‘ladi. Bu biz uchun g‘ayrioddiy holat, biz bunga ko‘nikmaganmiz. Shunga qaramay, tezroq maydonga tushib o‘zimizni tarixiy onlarimizni o‘tkazishni kutyabmiz. Umida qilamanki, o‘zimizga xos futbolni namoyish etib, g‘alabaga erishamiz”,- dedi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, PSJ va “Tottenxem” o‘rtasidagi Evropa Superkuboki final uchrashuvi bugun soat 00:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!