
Luis Enrike va Usmon Dembele nega urishgani oshkor bo‘ldi. Endi nima bo‘ladi?
PSJning Chempionlar ligasida “Arsenal” bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan oldin bosh murabbiy Luis Enrike va jamoa yulduzi Usmon Dembele o‘rtasida kelishmovchilik chiqqan edi.
Buning oqibatida ispaniyalik mutaxassis frantsiyalik futbolchini Londondagi uchrashuvga olib ketmadi. Bu bahsda PSJ mag‘lub bo‘lganidan keyin Luis Enrikega bosim oshib ketdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Usmon Dembele mashg‘ulotlardan biriga kech kelgan va bosh murabbiyga buning sababini tushuntirib berolmagan. Mojaro shundan kelib chiqqan.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Usmon Dembele ustozidan uzr so‘ragan. Luis Enrike shogirdi bilan kelishib olgan va uni mashg‘ulotlarda qatnashishiga ruxsat bergan.
Usmon Dembele 2023 yilning yozidan PSJda to‘p tepmoqda. Hozirga qadar poytaxt klubida jami 49 at uchrashuvda qatnashib, 10 ta gol va 22 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar