Luish Figu: "Vinisiusning zaxirada qolishi jazo emas"

  • 30.08.2025 16:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real Madrid" afsonasi Luish Figu Vinisius Juniorning "Real Ovedo"ga qarshi o‘yinda (3:0) zaxirada qolishiga munosabat bildirdi.

"Bilmayman, bu ogohlantirish bo‘ldimi yoki yo‘q. Lekin o‘ylaymanki, bu birinchi navbatda, raqibga qarab qilingan qaror bo‘lgan, jazo emas.

Murabbiy har doim o‘z taktik rejasi va raqibga qarshi g‘oyasi asosida qaror qabul qiladi. Bu safar Vinisius zaxiradan maydonga tushdi. Albatta, har bir futbolchi asosiy tarkibda o‘ynashni istaydi", – deya ta’rif berib o‘tdi portugaliyalik sobiq futbolchi. 
 
Eslatib o‘tamiz, usha uchrashuvda braziliyalik vinger asosiy tarkibda boshlamagan bo‘lsa-da, o‘yinga keyinroq kirib, gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!