
Luisma Ernandes "Metallurg" nega yirik hisobda yutqazgani va "Real"ning EChL finalidagi imkoniyati haqida gapirdi
“Metallurg” klubi safarda “Neftchi”ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdan keyin bekobodliklar bosh murabbiyi ispaniyalik Luisma Ernandes jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
- Juda ham shiddatli o‘yin bo‘ldi. Ikkala jamoa ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qilishdi. O‘yinga bo‘lgan ishtiyoqning biroz yo‘qolganligi tufayli xatoliklarga yo‘l qo‘ydik. Oqibatda gollar bilan jazolandik. Raqib jamoa ham g‘alaba bo‘lgan ishtiyoqi bilan o‘ynadi. O‘tgan turda g‘alaba qozonib biroz bo‘shashdik. O‘ylashimcha, shu tufayli ham bugungi uchrashuvda yutqazib qo‘ydik.
- “Metallurg” ikkinchi taymdagi o‘zgarishlardan keyin ham gollar o‘tkazib yubordi. Aslida bu o‘zgarishlar o‘yinga ta’sir qildimi?
- Birinchi bo‘limda o‘yinni to‘liq nazoratimiz ostida o‘tkazdik. Ikkinchi bo‘limda esa o‘zgarishlarni amalga oshirishga harakat qilayotgan paytimizda birinchi golni o‘tkazib yubordik. Ushbu almashtirishlardan keyin biz avval durang, keyin g‘alaba qozonish haqida o‘ylay boshladik. Natijada darvozamidan yana gollar o‘tkazdik.
- Fozil Musaev anchadan beri o‘ynamayotgandi, bugun maydonga tushdi. Uning o‘yinini qanday baholaysiz? Bundan tashqari, “Metallurg” mehmonda sira yutolmayapti...
- Fozil Musaevdan juda ham minnatdormiz. Ikkinchi bo‘limda 45 daqiqa o‘ynab, yaxshi mehnat qildi. Yaqinda jarohatdan chiqdi. Juda uzoq muddatli jarohatda edi. Keyingi uchrashuvlarda o‘zini yanada yaxshi tomonlama ko‘rsatadi. Mehmondagi uchrashuvlarga kelsak, biz bu o‘yinga ham yaxshi tayyorlangandik. “Neftchi”ni yaxshi o‘rganib chiqqandik. Raqib g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishini ham bilardik. O‘tkazib yuborgan gollar bo‘yicha faqat o‘zimizni ayblaymiz. Gol urishimizda esa bizga omad ham kulib boqmadi.
- Mavzudan tashqari savol. Yaqinda Evropa Chempionlar ligasi finalida “Real” o‘ynaydi. Ispaniyalik mutaxassis sifatida “Real”ning imkoniyatini qanday baholaysiz?
- Ikkita buyuk jamoalar o‘rtasidagi final bo‘ladi. Bu nafaqat futbol o‘yini, balki spektakl ko‘rinishidagi ajoyib tomoshaga aylanadi.
Fikrlar