Lukaku "Chelsi"ni og‘ir ahvolda tashlab ketmoqchi

  • 13 mart, 2022, 15:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" futbolchisi Romelu Lukaku jamoadan ketish fikridan qaytmagan. U hamon Italiyaga qaytishni istamoqda. 

Tecno

"La Gazzetta dello Sport" nashrining xabar berishicha, belgiyalik iqtidor egasi "Inter"ga o‘tishni rejalashtiryapti. Unga "Chelsi" uchun belgilanayotgan sanktsiyalar ma’qul kelmayapti. 

Agar u Milan klubiga o‘tishni xohlasa, maoshi qisqarishiga rozi bo‘lishi kerak. Hozirda Lukaku "aristokratlar" safida 12,5 million evro maosh oladi. Milanliklar hujumchiga 7,5 million evrodan ko‘p maosh bermoqchi emas.

Ma’lumot o‘rnida, Romelu Lukaku joriy mavsum APLning 18 uchrashuvida 5 gol va 1 assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!