Lukaku: Men Belgiya tarixidagi eng yaxshi hujumchiman

  • 28.03.2019 08:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" klubi forvardi Romelu Lukaku o‘zini Belgiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi hujumchi deb hisoblaydi.

“Ko‘pincha mendan Belgiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi uch hujumchidan birimisiz deb so‘rab qolishadi. Men bunga “ha” deb javob bergan bo‘lardim. Xatto shuni ham aytishim mumkinki, men mamlakat tarixidagi eng yaxshi hujumchiman. Men qolgan hujumchilardan ancha ilgarilab ketganman”, - deydi Lukaku.

Ma’lumot uchun, Lukaku Belgiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. 25 yoshli hujumchi hozircha terma jamoa safida jami 79ta o‘yinda maydonga tushdi va 45ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!