Lukaku "Sevilya" darvozasiga faoliyatidagi tarixiy golni urdi
“Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Romelu Lukaku kecha “Sevilya”ga (1:2) qarshi bahsda mankuanliklarning yagona javob goliga mualliflik qildi.
E’tiborlisi, ushbu gol 24 yoshli belgiyalik forvard uchun faoliyatidagi 200-gol bo‘lib tarixga kirdi. Ta’kidlash lozimki, Lukaku “Anderlext” safida 41ta, “Vest Bromvich”da 17ta, “Everton”da 87ta, MYuja esa 24ta gol kiritishga erishgan. Gollarining 31tasini esa Belgiya terma jamoasi libosida urgan.
Ma’lumot uchun, Lukaku joriy mavsum APLda jami 29ta uchrashuvda ishtirok etib, 14ta gol hamda 7ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishgan.
Fikrlar