
Lukaku Shirerning rekordini takrorladi
“Inter” hujumchisi Romelu Lukaku ayni damda davom etayotgan UEFA Evropa ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Xetafe”ga (1:0, birinchi bo‘lim) qarshi o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Opta Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, belgiyalik hujumchi ushbu turnirda qatorasiga 8 ta o‘yindan buyon gol urmoqda. Lukaku ushbu gollarning 3 tasini «Inter» safida, qolgan 5 tasini «Manchester Yunayted» safida kiritgan.
Lukaku shu tariqa, 2005 yilda Alan Shirer tomonidan o‘rnatilgan rekordni takrorladi. U paytda musobaqa UEFA Kubogi, deb nomlanar edi.
Fikrlar