
Lukakuning yagona goli "Chelsi"ga g‘alaba keltirdi (video)
UEFA Chempionlar ligasi "N" guruhi 1-turida “Chelsi” o‘z maydonida “Zenit”ga qarshi bahs olib bordi.
Londondagi “Stemford Brij” o‘yingohida kechgan o‘yin taqdirini 69-daqiqada Romelu Lukaku tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Shu tariqa “aristokratlar” 1:0 hisobida zafar quchdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar