
Lyubinko Drulovich: Bugun mag‘lubiyatga uchrasakda, guruhdan chiqish vazifasini uddaladik
O‘zbekiston - Janubiy Koreya bahsidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida terma jamoamiz ustozi Lyubinko Drulovich ishtirok etdi.
- Bugungi o‘yin juda ham muhim edi. Guruhdan chiqishimiz kerak edi. Koreya kuchli jamoa ekanligini bilardik va imkoniyatni boy berdik. Ammo bizning asosiy vazifamiz guruhdan chiqish edi va buni uddaladik.
Qisqa muddatli musobaqada uchrashuvlar o‘tkazish futbolchilarga jismoniy jihatdan ta’sir qiladi. Qolaversa, Koreya bugun tezkor gol urdi. Bu ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Bu bizga biroz yomon tomondan ta’sir qildi. Ammo hozir futbolchilarning jismoniy holati haqida emas, keyingi bosqich haqida o‘ylashimiz kerak.
Koreya bundan oldingi uchrashuvda ham 7 ta futbolchini almashtirgandi. Bu ularga as qotdi. Biz esa 3 ta o‘yindan beri deyarli bir xil tarkibda harakat qilyapmiz. Endi kamchiliklarni bartaraf qilib, chorak finalda yaxshi o‘yin namoyish etishga intilamiz.
Maqsadlarimiz o‘zgargani yo‘q. Vazifamiz Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. Bu borada imkoniyatlarimiz saqlanib qolganidan xursandman, - dedi murabbiy.
Fikrlar
Бу дарвазобонга туп тепишса боларга жахил киладими нима бу узи 3 та уйинда курсин нечта сеф килдику нечта хатолар килди. Дарвозобони алмаштириш керак.
Яхшибоев ким булди курдиларингми умуман теламади у узича юлдузча булиб юрибди нимага уни одиб ташлалмаяпди.
Жуда жуда камчиликлар куп буни нахотки мурабий курмаяпди биз удаладик гурухдан чикишни дияпди лекин биз эмас Хитойга рахмат дийиш керак.
Bir birini tushunushi va tezlik ,texnika daxshat.
Kareslarga achko kerak bulmasa xam mana qanday uynadi.
Agar achko zarur bulganda kareslarga yirtib tashlardi
Bizda Olimpia tugul - bizni MTJ shunaqa uynolmaydi xattoki.