
Lyubinko Drulovich: Finalga chiqish uchun shogirdlarimning kuchi etadi. Orzuimiz Olimpiadaga chiqish
Bugun U-23 Osiyo chempionati yarim finalidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston uchrashuvi oldidan jamoalar bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston OTJ ustozi Lyubinko Drulovich quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
- Biz uchun hal qiluvchi o‘yin. Yarim finalda yaxshi jamoalar yig‘ilgan. Saudiya Arabistoni jismonan kuchli. Taktik jihatdan va tezlik borasida ham ular kuchli.
Bizda yana bir kun qoldi tayyorgarlik uchun. Raqibda dam olishga bir kun ko‘p vaqt bo‘ldi. Ha bu muhim. Lekin biz shifokorlar bilan maslahatlashib jamoani tiklay olishimizga ko‘zim etmoqda. Hammasi joyida. Biz bellashuvga tayyormiz.
Saudiyaliklar yaxshi taassurot qoldirishdi. Biz ham shunga yarasha taktika tanlaymiz. Avvalgi o‘yinda rostdan ham uchrashuvning barcha aspektlari ijobiy kechdi. Bu safar ham shunga intilamiz. Hisob balki bunday yirik bo‘lmas. Har bir vaziyatga tayyor bo‘lishimiz kerak.
Imkoniyatlar 50/50 deb o‘ylayman. Asosiy tarkibni ertaga ularning jismoniy holatidan kelib chiqib tanlaymiz. Qaysi futbolchi tayyor bo‘lsa o‘sha maydonga tushadi.
Finalga chiqish uchun shogirdlarimning kuchi etadi. Orzuimiz Olimpiyadaga chiqish. Bunga erishish yo‘lida borimizni beramiz. O‘zbekiston futboli uchun bu tarixiy natija bo‘ladi.
Biz to‘rtta o‘yinda deyarli bir tarkib bilan o‘ynadik. Ammo saudiyaliklar ham huddi shunday ishlashmoqda. Bor umidim futbolchilardan. Ularning qo‘lidan keladi, - dedi Drulovich.
Manba: O‘Fa matbuot xizmati.
Fikrlar
Yana bir gap aziz muxlislar uyinda kn nima bolgan taqdirda xam munosip baxo berip koment qoldiring shunday uyinlar boladi yutkazip yutganlar bor buni xaqiqi fudbol ixlosmandla biladi navbaxor muxlisi Sherzod