
Lyuk Shou va Sulsher jazolanadimi?
"Manchester Yunayted" qanot himoyachisi Lyuk Shou va bosh murabbiy Ule-Gunnar Sulsher APL 26-turi "Chelsi"ga qarshi o‘yindan (0:0) keyin bildirgan fikrlari uchun jazolanmaydigan bo‘ldi. Bu haqida britaniyalik jurnalist Saymon Stoun xabar bermoqda
"Angliya Futbol Federatsiyasi vaziyatni o‘rganib chiqib, Shou va Sulsherga nisbatan chora ko‘rmaslikga qaror qildi", - deyilgan jurnalist xabarida.
Eslatib o‘tamiz, angliyalik himoyachi "Chelsi"ga qarshi bahsdan so‘ng uchrashuv bosh hakami va "qizil iblislar" sardori o‘rtasida penalti bilan bog‘liq so‘zlashuv haqida gapirib o‘tgan edi.
Fikrlar