Madinabonu Mannopova: Oltin medaldan tashqari 20 reyting baliga ham ega bo‘ldim

CHERY AUTO

Xitoyning Uxan shahrida VII Butunjahon armiya o‘yinlarida bugun taekvondochimiz Madinabonu Mannopova oltin medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergandik. O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati chempion bilan suhbatlashdi.

Tecno

"Harbiylar o‘rtasidagi musobaqada ilk bor ishtirok etdim. Bu musobaqaga jahonning eng kuchli sportchilari yig‘ilgan, raqobat juda kuchli bo‘ldi. Bu turnir G2 turkumiga mansub bo‘lib, birinchi o‘rinni olgan sportchiga 20 reyting bali taqdim etildi. Oltin medalni qo‘lga kiritib Olimpiada reytingimni yaxshilashga muvaffaq bo‘ldim.

Chorak finaldagi xitoylik raqibam juda ham tajribali edi. U bilan bahs 4ta raund davom etdi. Hal qiluvchi raundda oltin ochkoni birinchi bo‘lib men oldim va yarim finalga chiqdim. Finalga chiqish uchun germaniyalik taekvondochi to‘sig‘idan o‘tishimga to‘g‘ri keldi. Uni 11:9 hisobida mag‘lub etdim.

Finalda o‘zimdan ko‘ra anchagina tajribali bo‘lgan misrlik taekvondochiga qarshi dayanga chiqdim. Bahs juda ham ehtiyotkor tarzda o‘tdi hamda 4ta raundan keyin hisob 0:0 edi. Bunday holatda yon hakamlar bahsda faolroq bo‘lan taekvondochini g‘olib deb topishadi. Shukurki oltin medalga ega chiqdim va Uxanda bayrog‘imizni xilpiratish nasib etdi.

Ushbu musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan taekvondochilarga hamda sportchilarga omad yor bo‘lsin!", - dedi Butunjahon armiya o‘yinlari chempioni Madinabonu Mannopova.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!