
Madrid superklubi “Manchester Siti” futbolchisini oladigan bo‘ldi
Ispan klublari keyingi paytda Angliya Premer-ligasidan o‘yinchi olishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Madridning ikkinchi superklubi “Atletiko” Angliya chempioni “Manchester Siti”dan Xulian Alvaresni transfer qilganidan keyin Xosep Gvardiolaning yana bir shogirdiga ko‘z tikmoqda.
Bu gal Diego Simeone portugaliyalik yarim himoyachi Mateush Nuneshni nishonga oldi. Madridliklar bu futbolchini bir yilga ijaraga so‘rayapti.
O‘tgan yili 54 million funt evaziga xarid qilingan Nunesh “shaharliklar” safida o‘yin amaliyotisiz qolib ketmoqda. Jamoada Ilkay Gyundog‘an qaytganidan keyin Xosep Gvardiola Mateushning jamoadan ketishiga ruxsat berdi.
Hozircha, Mateush Nuneshga “Atletiko”dan boshqa biror jamoa qiziqish bildirgani yo‘q. O‘yinchining o‘zi ham Manchesterdan ketishga tayyor.
Fikrlar