Madridliklar belgilagan narx “Liverpul”ni qo‘rqitib yubordi

  • 22 mart, 10:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” kelasi yoz tarkibini Xulian Alvares bilan kuchaytirmoqchi edi. Ilgari “Manchester Siti”da o‘ynagan va Erling Xoland soyasida qolib ketishni istamagan argentinalik yulduz “Atletiko”dan qo‘nim topgandi.

Tecno

25 yoshli Alvaresning madridliklar safiga ko‘chib o‘tganidan keyin ishlari yanada yurishib ketdi. U joriy mavsumda 44 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 23 marotaba ishg‘ol qildi va beshta golli pas uzatdi.

“Liverpul” Xulian Alvaresga jiddiy qiziqayotganiga qaramay,  Diego Simeone o‘z hamyurtini qo‘yib yubormoqchi emas. U Xulianni 33 yoshli Antuan Grizmanning o‘rniga asosiy hujumchiga aylantirishni rejalashtirgan.

Shu bois, “Atletiko” rahbariyati Xulian Alvaresni qo‘yib yuborish uchun angliyaliklardan o‘ta katta summa – 200 million  evro talab qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!