Magdalena Ribarikova Parijda qancha ishlamoqchi?

  • 31 may, 2018, 17:40
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Clovakiyalik Magdalena Ribarikova Parij shahrida davom etayotgan "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi xalqaro turnirning ikkinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Tecno

Magdalena musobaqada shveytsariyalik Belinda Benchichga qarshi kortga chiqdi. Uchinchi davra yo‘llanmasi uchun o‘tgan o‘yinda slovakiyalik tennischi 6:2, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa Ribarikova "Rolan Garros" turnirining navbatdagi bosqichida ukrainalik Lesya Tsurenko, yoki amerikalik Koko Vandevegega qarshi kortga chiqadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!