
Magomed Ismailov aka-uka Emelyanenkolarni solishtirdi
ACAning o‘rta vazn toifasida jang qiluvchisi Magomed Ismailovning fikricha, Aleksandr Emelyanenko Bellator a’zosi Fyodor Emelyanenkodan kuchliroq.
"Ayni damda, Aleksandr Emelyanenko kuchliroq. Menimcha, Fyodorning eng yaxshi yillari ortda qolib ketdi.
Aleksandrni esa eng yomon yillari ortda qolgan. U o‘zini tartibga soldi va anchagina o‘sishga erishib, avvalgidan yaxshiroq bo‘lib oldi. "Kubiklar", pressinglar...," - dedi Ismailov.
Ma’lumot uchun, Aleksandr Emelyanenko va Magomed Ismailov o‘rtasidagi jang ACA 107 doirasida 3 aprel kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar