
Mahmud Muradovga Floyd Meyvezerning qimmatbaho sovg‘a hadya qilishi, Rossiyada ko‘chaga haydalgani yoxud rus nashriga bergan intervyuning 3-qismi
Ertaga UFCda 4-jangini o‘tkazadigan yurtdoshimiz Mahmud Muradov Rossiyaning nufuzli nashri “Sport ekspress”ga o‘ziga xos, batafsil intervyu bergan va biz uni qismlarga bo‘lgan holda e’tiboringizga taqdim etib borayotgandik. Ikki qismini chop etib ulgurdik va mana so‘ngi 3-qismini ham havola etmoqdamiz.
Qachonlardir o‘zim foydalanmaydigan narsani reklama qilmayman degan edingiz. Mana hozir energetik ichimliklarni reklama qilmoqdasiz — o‘zingiz ularni ichasizmi?
— Ha, energetiklar ichib turaman. Ularni Chexiyada reklama qilganman. Charchasam yoki yo‘lda yursam — energetik ichaman. Agar boshqalar ham mashg‘ulotdan oldin yoki charchagan payti uni ichishni tavsiya qilaman.
"Floyd bilan aloqalar jiddiy ekani va u bilan hattoki messendjerlarda smayliksiz suhbatlashishi haqida"
— Ko‘pdan beri menga qiziq: Meyvezer sizga sovg‘a qilgan Toshkentdagi qimmat kvartira va soat hozir hay holatda?
— Ular haligacha mening tasarrufimda va ularning qimmatliligi men uchun beqiyos.
— Soat — erkaklarning muhim aksessuari deb biladigan yigitlar toifasidanmisiz?
— Ha, albatta. Soatlar va poyafzallar.
— Floyd o‘zi haqida gapirganda har doim jiddiy. Uni qachondir o‘z ustidan hazilomuz gap gapirganini eshitganmisiz?
— Yo‘q, u o‘zi haqida hazil qilmaydi. U hazilni juda nozik ohangda qiladi. Floyd o‘z darajasini biladi va shuning uchun ham o‘zi haqida hazil qilmaydi, boshqalarda ham bunday qilishga imkoniyat bo‘lmaydi.
— Balkim, messenjerda yozishgan paytingiz emodjilar bilan hazil qilarsiz?
— Man ko‘ramiz (Floyd bilan yozishuvlarni ko‘rsatish uchun WhatsApp‘ga kiradi). Maksimal tarzda qo‘ya oladigan smaylikim shu (zo‘r ishorasini ifodalovchi bosh barmok emodjisini ko‘rsatadi). Ko‘rdingizmi, deyarli smaylik yo‘q.
"Qurilishda eng yomon kuni — akasi bilan vagondan ko‘chaga haydalgani, ko‘chada yomg‘ir aralash qor yog‘ayotgani. Ular 15 daraja sovuqda muzlab qolgani, boshqalarga esa vagonda qolishga ruxsat berilgani haqida."
— O‘z vaqtida Tomskda 12 kishiga mo‘ljallangan vagonda yashagansiz. O‘sha insonlar hozir qaerda, ulardan kimlar keyinchalik siz kabi muvaffaqiyatga erishdi?
— Ular hozir qaerdaligini bilmayman. O‘sha vaqti ham ular bilan aloqani mustahkam qilmaganman. O‘zbekistondan boshqa yigitlarni taniyman. O‘sha vaqtda ular menga men esa ularga yordam berganman.
— Demetrius Djonsonning aytishicha, u uchun hayotidagi eng yomon kun fabrikadagi ishi vaqtida qo‘lini sindirib olishi bo‘lgan ekan. Keyin esa u plastina bilan qo‘lini davolab, ertasi kuni ishga chiqqan va qo‘li muzlab qolgan ekan. Aytingchi, sizning qurilishdagi eng yomon kuningiz qaysi?
— Tomskda biz ko‘chada ishlardik. Bilasizmi, harorat minus 15 daraja sovuq bo‘lardi. O‘sha vaqti ko‘chada qor aralash yomg‘ir yog‘ayotgandi. Bizni esa vagondan quvib chiqarishgan. Prorabga murojaat qilganimizda u bizga ishlashni buyurgan. Agar biz ham dam olmoqchiligimizni aytsak, "Kim sening o‘rningga ishlaydi? Ishingni qil, ob-havo menga qiziqmas!" - deb do‘q qilgandi.
— Oxirgi marta qachon o‘z dangasalikingiz ustidan g‘olib chiqdingiz?
— Yaqindagina. Ikki kun oldin ertalab yaxshi mashg‘ulot o‘tkazdim, kechqurun bo‘lsa do‘stlarim kelib: «Sen ham odamsanku, bugun dam olsangchi» - deyishdi. Shunda o‘ylab qoldim: «Ha, dam olishim mumkin. Vazn joyida bo‘lsa, yana nimayam qilardim». Ammo, keyin o‘zimni yig‘ib oldim va mashg‘ulotni davom ettirdim.
— Siz — ashaddiy geymer sifatida — superkompyuter sohibisiz. Kuchli sun’iy intellektga ega, har bir harakatni vaqtida sezadigan... Uning bahosi qancha?
— Tumanda 15 000 evro. Har doim kompyuter bilan muammoim bo‘lardi. Hozir esa yo‘q. Mendagi PK dunyodagi eng uchli kompyuter. Albatta geymerlar orasida.
Mahmudjon Jabborov tarjimasi
Fikrlar