Mahmud Murodov top-15 talikdagi jangchiga qarshi oktagonga ko‘tarilishga yaqin turipti (Video)
UFC bo‘yicha o‘rta vazn toifasida ishtirok etib kelayotgan hamyurtimiz Mahmud Murodov o‘zining navbatdagi jangi borasida gapirdi.
"Yaxshi yangilik bor. Biz o‘z jamoamiz bilan navbatdagi jang borasida muzokara olib borayapmiz. Raqib esa top-15 talikdan. Shuning uchun, yaqin orada yaxshi yangilik bilan sizlarni xursand etamiz. Qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun barchangizga katta rahmat," - dedi Murodov o‘zining "Instagram" sahifasida "Istoriya" joylagan holda.
Eslatib o‘tamiz, Murodov UFCda 2 ta jang o‘tkazishga ulgurdi va ikkala jangda ham g‘alabaga erishdi.

Fikrlar