Mahmudxojievning xizmatiga Malayziya va Tojikiston chempionidan jiddiy qiziqish bor

  • 24 dekabr, 2022, 13:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2022 yilgi mavsumni Tojikistonning “Xo‘jand” klubida boshlab, ikkinchi davradan Samarqandning “Dinamo” klubiga ko‘chib o‘tgan va shartnomasi tugagani sababli jamoani tark etgan Shoxruh Mahmudxojiev yangi mavsumni qaysi klubda boshlarkin?

Sports.uz ma’lumotiga qaraganda, ushbu o‘yinchining xizmatiga Tojikistonning amaldagi chempioni – “Istiqlol” klubidan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Mahmudxojiev birinchi davrani Tojikistonning boshqa bir klubi – “Xo‘jand”da o‘tkazgani bois u erdagi muxlis va mutaxassislarda o‘zidan yaxshi taassurot qoldira oldi. Shuning uchun endi “Istiqlol” futbolchimiz bilan shartnoma imzolamoqchi.

Shuningdek, Mahmudxojievni Malayziya klubi ham o‘z safida ko‘rish istagida. Lekin hozircha futbolchi chetga ketishga shoshilayotgani yo‘q. Unga Superligamizning bir qator klublaridan takliflar bor. Tez orada Shoxruh yangi mavsumni qaerda o‘tkazishi borasida bir qarorga kelishi kutilmoqda.

"Shipilov klubda ishlaganida Superligada qolish imkoniyati ko‘proq edi, Abramovni qanaqa taktikada o‘ynamoqchiligini tushunmadik" yoxud Shoxruh Mahmudxojiev "Dinamo"dan ketdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!