
MakGregor: Habibni mag‘lub etganman
UFC ikki divizionining sobiq chempioni Konor MakGregor Habib Nurmagomedovga qarshi kechgan jangda g‘alaba qozonganligini ta’kidladi.
"Birinchi raund mening foydamga hal bo‘lgan. Men Habibni taslim etganman. Raundlar bo‘yicha 3:1 hisobida g‘olib bo‘lganman. Tizza va tirsak zarbalari... U meni suv parisi singari faqat oyoqlarimni ushlab turgandi xolos. Ikkinchi raund uniki bo‘lgan, ammo men ham bir necha bor tirsak bilan zarba yo‘llagandim. Uchinchi va to‘rtinchi raundlarda jang to‘xtashidan oldin, g‘alaba qozongandim," - dedi MakGregor.
Rossiyalik jangchi irlandiyalikni to‘rtinchi raundda bo‘g‘ish usuli evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi.
Fikrlar