
Makgregor: Xabib bilan Moskvada jang qilishni xohlayman va unga nisbatan ko‘proq rusman
UFC ikki divizioning sobiq chempioni Konor Makgregor promoushening engil vazndagi chempioni Xabib Nurmagomedov bilan Rossiyada jang o‘tkazishni xohlashini aytib o‘tdi.
"Xabibda o‘z uslubi bor va turli hil imkoniyatlari bor. Men revansh uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘raman.
Nimaga Dana Uayt Xabib bilan Moskvada jang qilishimizga qarshilik ko‘rsatadi? Men Rossiyani va ruslarni xurmat qilaman! Xabibga nisbatan ko‘proq rusman.
PPV tufaylimi? Jiddiymi? Nahotki, biz birinchi jangda kam pul topgan bo‘lsak," - dedi Konor Makgregor.
Fikrlar