
Maksim Shatskix: "Afsuski, shunday o‘yinlar bo‘lib turadi"
“Paxtakor” – “Andijon” (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbon jamoa bosh murabbiyi Maksim Shatskix jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
- Birinchi navbatda tajovuzkorlik haqida gapirmoqchiman. Hujumda shunday xislat etishmayapti. Har safar bu haqida aytamiz. Xohish bor, istak bor, lekin tajovuzkorlik kamlik qilyapti. Afsuski, shunday o‘yinlar bo‘lib turadi. Bizda hujumni oxiriga etkazadigan o‘yinchi topilmayapti.
- Odil Hamrobekov himoyada o‘ynadi. Bu ushbu chiziqda muammolar borligi uchunmi?
- Muammo yo‘q, biz shunday qarorga kelgandik.
- Jamoani oxirida kuchi etmay qolayotganga o‘xshayapti...
- Yuqorida aytdim, yana qaytarishim shart emas deb o‘ylayman. Boshidanoq yaxshi harakat qilishimiz kerak edi. Gol urish uchun qulay imkoniyatlar bo‘lgandi. Havodagi janglarda, bosh bilan o‘ynashda ham bizga nimadir etishmayapti. Raqib hududida kuchli o‘ynnash, yugurish, golni sezish, to‘pga vaqtida chiqish kabi holatlar jamoamizga etishmayapti.
- Yozgi yig‘inda klubni qanday rejalari bor?
- Asosiysi, tayyorgarlik ko‘ramiz. Safarga chiqmoqchi edik, lekin rejamiz o‘zgarib qoldi. “Qayrat” bilan javob o‘yinimiz bor. Yangi qon kerak. Yangi futbolchilar kerak, bu borada ishlayapmiz. Yangi qon quyish kerak, shunda taraqqyot bo‘ladi. O‘z vaqtida yangilanib turmasa rivojlanish ham bo‘lmaydi. Buni hamma yaxshi tushunadi.
- Hojimat Erkinov qaytishi mumkin, degan ma’lumotlar bor...
- Ha, hozir muzokara jarayoni ketyapti. Qaytsa xursand bo‘laman. Biz uni kutyapmiz.
- Mahalliy futbolchilar keladimi yoki...
- Unisi ham, bunisi ham. Anchadan beri bu masalada ishlayapmiz. Hech narsani yashirmaymiz, barcha tranfserlar haqida sizlarga ochiq-oydin ma’lumotlarni beramiz.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar