
Maksim Shatskix: "Biz robot emasmiz, do‘stlar..."
Osiyo Chempionlar ligasi 6-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Al Fayha" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda toshkentliklar yirik 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Uchrashuvdan so‘ng "sherlar" bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Xayrli kech! Bugun individual xatolarga ko‘p yo‘l qo‘ydik. Bu mag‘lubiyatimizga ta’sir o‘tkazmasdan qolmadi. Biz harakat qildik, ammo doim ham hammasi siz o‘ylagandek bo‘lavermaydi.
Biz minimal vazifani bajardik. Kadrlar bo‘yicha bizda etishmovchilik borligini hamma bilib turibdi. Biz bunday darajadagi bellashuvga tayyor emasdik. Har tomonlama, ya’ni ham jismonan, ham ruhan tayyor emasdik, deb hisoblayman.
Moslashish jarayoni uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. Bizda esa hammasi juda zich edi. Agar bizda mahalliy kuchli futbolchilar bo‘lganida, ulardan foydalangan bo‘lardik. Legionerlar borasida ham shunday deya olaman.
Mashg‘ulotlar o‘tkazish jarayonida hammasi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Darajani o‘sha vaqtda sezib olish qiyin emas.
Biz robot emasmiz, do‘stlar. Bizda hammasi o‘ta tartibsiz joylashtirilgan. Hammasiga ulgurish imkonsiz. Terma jamoalar o‘rtasida xalqaro musobaqalar, Superliga, kubok va OChL kabi musobaqalar bizni toliqtirib qo‘ygani ayni haqiqat.
Men qayd etgan natijalarimizdan qoniqish hosil qildim, albatta. Bunga ishonchim komil.
Muammolar hamma erda bor. Biz tezkor futbol namoyish etilayotganini ko‘rib turibmiz va shunga monand harakat qilishimiz kerakligini ham tushunamiz. Ammo hammasi biz o‘ylagandek kechmayapti. Bu biz uchun eng asosiy muammo.
"Al-Fayha" yaxshi jamoa. Yuqori saviyadagi futbolchilarga ega klub. Ularga qarshi imkoniyatlardan foydalana olmadik.
Kelasi mavsum haqida gapirish juda qiyin. Nima bo‘ilishini vaqt ko‘rsatadi", - dedi mutaxassis.
Fikrlar
Мутахассислиги савияси етишмайди шу болалар билан камида1/4 задачанг Пахтакор тренерини айби факат