
Maksim Shatskix "Nasaf"dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi
O‘zbekiston Superligasi 20-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Bellashuv taqdirini qarshiliklar himoyachisi Dilshod Saitovning olis masofadan urgan super goli hal etib berdi.
O‘yindan so‘ng har ikkala jamoa bosh murabbiyi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida "sherlar" ustozi Maksim Shatskixning fikrlari bilan tanishib chiqing.
- Hammaga xayrli kech. "Nasaf" bugun g‘alabani ko‘proq xohladi. Shu tufayli ular bugun o‘z maqsadiga erishdi. Birinchi bo‘limda bizda hech narsa o‘xshamadi. O‘z amaliyotimdan bilaman, terma jamoadagi o‘yinlardan so‘ng muammolar paydo bo‘ladi. Kardlarda ham kamchiliklar etarlicha edi. Ikkinchi taymda nimadirlarni o‘zgartirishga harakat qildik. So‘nggi pasni berish bizda og‘riqli muammo bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, ikkinchi taym birinchisidan ancha yaxshiroq bo‘ldi.
- Tarkibdagi yo‘qotishlar tufayli ehtiyotkorlikka asoslangan taktika tanladingizmi yoki "Nasaf"ning hujumkorligi sabab jamoa 3 ta markaziy himoyachi bilan harakat qildimi?
- Men nimadan qo‘rqaman. Yana bir bor qaytaraman. Bizda etarlicha sxemalar bor. 3-5-2, 3-4-3 bu hujumkor taktika. Lekin qayta aytaman, birinchi taym bizda hech narsa o‘xshamadi. Afsuski, birinchi bo‘limda mudofaa vakillari biz kutgandek o‘ynamadi. Buning sababi nimada ekanligini tushunishga harakat qilamiz. Ikkinchi bo‘limda taktikani o‘zgartirdik va o‘yinimizda ham o‘zgarish sodir bo‘ldi.
- Tarkibdagi yo‘qotishlarning o‘rnini qanday qoplaysiz? Alijonovning almashtirilishi taktik qarormidi yoki unda jarohat bormi?
- U terma jamoa safida 2 ta o‘yin o‘tkazdi. Unda charchoq alomatlari bor. Oldinda 6 ta uchrashuv bor. Hali hech narsani yo‘qotmadik, deb hisoblayman. O‘yin avvalida aytganimdek: hammasi o‘z qo‘limiz, boshimiz va oyog‘imizda. Mag‘lubiyatga uchramay, g‘alaba qozonishning imkoni yo‘q.
- Turg‘unboev ikkinchi bo‘limda chap qanotda vinbek sifatida harakat qildi. Uning o‘yinidan qoniqish his qildingizmi?
- U himoyachi emasligini bilamiz. Shunday bo‘lsa-da, bu pozitsiyada o‘ynay olishiga ishonchim komil edi. Unda bu masalada amaliyot bor. E’tirozlar yo‘q. Biroq undan hujumda yana ham faol bo‘lishini kutgandim.
Qayd etish lozim, ayni vaqtda "sherlar" O‘zbekiston Superligasi turnir jadvalida 38 ochko bilan ikkinchi o‘rinni band etib turibdi. 41 ochkosi bor "Nasaf" peshqadam, 37 ochko to‘plashga erishgan "Navbahor" esa 3-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar